• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Zamonaviy texnikalar mehnat unumdorligini oshirmoqda

16 Avgust 2023, 10:31 1607

Og‘irligi 200 tonnadan 750 tonnagacha bo‘lgan avtogigantlar Ruda qazib olish jarayonlarida ishtirok etar ekan, belgilangan manzilgacha kon yo‘llaridan o‘tib boradi. Megaloyiha doirasida Yoshlik I koni o‘zlashtirilayotgan OKMKda ayni kunlarda karyer avtoyo‘llari 70 km ni tashkil etadi. Konlarni o‘zlashtirish jarayonlari yo‘l qurilish maxsus texnikalaridan katta quvvatni talab etadi. Joriy yilning avvalida OKMKda ДЗ-98 markali, 19 tonnadan oshiq, 173 ot kuchiga teng 6 ta avtogreyderlar yo‘l ochish ishlarini bajarib kelgan. Mart oyida esa kombinat tarkibidagi Texnologik transport boshqarmasining kon ishlarini mexanizatsiyalash sexiga AQShda ishlab chiqarilgan 2 dona zamonaviy, hajm va quvvat jihatidan mavjud texnikalardan 2 barobar yirik bo‘lgan avtogreyder konchilik texnika vositasi keltirilgan edi.

Ushbu texnika vositalari aprel oyida foydalanishga topshirildi. O‘tgan oz vaqt mobaynida juda yengil harakatlana oladigan, samarali natija ham ko‘rsata olgan avtogreyder ko‘plab yo‘nalishlarda yuqori natijalarni qayd etdi. 

TTB boshlig‘ining transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha o‘rinbosari Bahrom Niyozmetovning ma'lum qilishicha, “CAT 16” avtogreyderlari yo‘l ta'mirlash ishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yo‘llarni sifatli ta'mir ishlaridan so‘ng, Yoshlik-1 konida eskpluatatsion tezlik 12,3 kmdan 16 kmga oshdi. Bu esa ish unumdorligini 10-15%ga oshishiga, ta'mirlash ishlarining 10-15%ga kamayishiga olib keldi. Bundan tashqari, BelAZ avtogigantining shinalarining uzoq muddat xizmat qilishini ham ta'minlaydi. Bu esa iqtisodiy samaradorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

AQShda ishlab chiqarilgan ushbu atvogreyderning umumiy og‘irligi 32 tonnadan oshiq, dvigatel quvvati 216 ot kuchiga teng. U qator qulayliklari bilan kon yo‘llari ravonligini ta'minlab kelmoqda.

Ayni kunlarda OKMK konlaridagi tonnalab tog‘ jinslarini tashish ko‘rsatkichlarini 20-25 foizga oshirgan, Qalmoqqir va Yoshlik konlaridagi yo‘llarni samarali ochib va ta'mirlab kelayotgan ana shunday avtogreyderlardan yana 2 tasi tez orada kon yo‘llari uchun olib kelinishi rejalashtirilmoqda. Bu esa yirik loyihalarni amalga oshirishda vaqt va mablag‘ni tejab, tezkorlik va samarali natijani ta'minlaydi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech