Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Avval xabar berilganidek “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi asosida Markaziy ta'mirlash mexanika zavodiga zamonaviy texnologik uskunalar olib kelindi.
Xususan, joriy yilning yanvar oyida mexanik-yig‘uv sexining kon-shaxta uskunalari tayyorlash uchastkasiga Germaniya davlatidan Gleason P2000 tishli frezer uskunasi olib kelib o‘rnatildi. Iyun' oyida esa Gleason P8000 foydalanishga topshirildi. Shuningdek, uchastkaga AXIOM 900 tokarlik vint kesuvchi uskunasi ham o‘rnatildi.
Sex boshlig‘i Rustam Danyarovning ta'kidlashicha Gleason P8000 uskunasi tomonidan avgust oyida 4 dona shesternya kabi mahsulot ishlab chiqarilishiga erishildi. Ushbu mahsulotlar Mis boyitish fabrikasi hamda Rux zavodiga yetkazib berildi. O‘rta Osiyoda yagona ushbu uskuna 3 metrdan 8 metrgacha bo‘lgan tegirmon chambar(venets)larining tishini ochish imkoniga ega. Eng qulay tomoni mahsulotni tezkorlikda va sifat yuqori tarzda tayyorlab beradi.
Ushbu uskunaning afzalliklari - u to‘liq avtomatlashtirilgan, mahsulot ishlab chiqarishdagi vaqt sarfi ham to‘rt baravarga kamaygan. Ahamiyatlisi, ushbu mahsulotlar avvallari katta mablag‘ evaziga xorijdan keltirilgan bo‘lib, mahsulotning sexda ishlab chiqarilishi natijasida har bir val shestirnasining narxi 3 baravar arzonga tushmoqda.
AXIOM 900 tokarlik vint kesuvchi uskunasi ham zamonaviy bo‘lib, boshqaruvi to‘liq avtomatlashtirilgan. Qulayligi avvalgi dastgohlarga nisbatan bunda xz o‘qi asosida har detallarni yo‘nadi. O‘lchami 1800 mm to 6000mm diametrgacha bo‘lgan detallarga ishlov berish xususiyatiga ega. Bu yerda qo‘l mehnati talab etmaydi. XZ o‘qi asosida pazlar ham ochadi. Ustki qatlamni silliqlashni ham bajaradi, samaradorligi yuqori. Ichki va tashqi yo‘nishlarni sifatli bajarib, vaqtni ham tejaydi
Yo‘nuvchi tokarlik uskunasi esa Simens dasturi asosida ish olib boradi detalning yuza qismiga berilgan parametrlarni bemalol chiqarib beradi. Detalni yarimfabrikatdan tayyor holga keltiradi.
Texnologik uskunalarning ishlash jarayoni, sozlamalari onlayn tarzda kuzatib boriladi.
Bundan tashqari, sexga 2dona SAK-60/135 hamda 6dona SN71 tokarlik vint kesuvchi uskunalari keltirilgan. Ushbu uskunalar ham samaradorligi ancha yuqori. Berilgan o‘lchamlar bo‘yicha detallarni to‘g‘ri tayyorlab beradi. Keyingi texnologik jarayonga detalni mukammal yetkazib beradi. Har bir detalni diametri bo‘ladimi yoki uzunligi bo‘ladimi aniqlik talab qiladi. Yangi uskunalar esa o‘ta aniqlikda ishlaydi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirib kelinayotgan mahalliylashtirish dasturining bosh ijrochisi bo‘lgan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida 2022 yilda 208 mlrd so‘mlik 97 xil turdagi mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Sexda ayni kunlarda dastur doirasida 57 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Oxirgi yillarda dasturga asosan, bir qator mahsulotlarni ham ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Jumladan, BelAZ avtogigantlari uchun ShSL sharnirli podshipniklar, modul 28Z43 tish botiqli val shesternalari, KMD-2200 T1 D1M hamda KSD2200 Gr D1M maydalash uskunalariga zirhlar ishlab chiqarilmoqda.
Axborot xizmati