• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinat temiryo‘lchilari Navro‘z bayramini nishonlashdi

18 Mart 2022, 10:7 1157

Ozod va obod yurtga bayram yarashar. Yurtimizda kezib yurgan bahor faslining go‘zal bayramlaridan biri Navro‘z ayyomi shukuhi butun yurtimiz bo‘ylab sezilmoqda. Ushbu bayram butun mamlakatimizda hamda OKMK tarkibiy bo‘linmalarida ham ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanadi.

Xususan, kombinatning Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi ham Navro‘z ayyomini bayramona ruhda kutib olmoqda.

Kecha Navro‘z ayyomi munosabati bilan korxonaning barcha ishchi-xodimlari hamda nafaqada bo‘lgan faxriylari bir dasturxon atrofida jam bo‘lishdi.

Tadbir davomida Boshqaruv raisining transport va logistika bo‘yicha o‘rinbosari Rustambek Sanaqulov va STTB rahbari Bunyod Qurbonov so‘zga chiqishib, mehnat faxriylari va ishchi-xodimlarni bayram bilan qutlashib, o‘z samimiy tilaklarini bildirib o‘tishidi.Korxonaning erishayotgan bugungi yutuqlari zamirida har bir xodimning fidokorona mehnati yotganini ta'kidlab o‘tishdi.

Bayram  tadbiri davomida "Metallurg" madaniyat saroyining badiiy xavaskorlik jamoalari hamda STTB yoshlaridan tashkil topgan "Quvnoqlar va zukkolar" klubi a'zolarining bayramona chiqishlari tadbir ishtirokchilariga bir olam ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Tadbir so‘ngida STTB Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan "Eng yaxshi milliy taomlar" tanlovi g‘oliblari ham aniqlandi. Jumladan, fayzli dasturxon bezagi bilan 1-temir yo‘l sexi 3-o‘ringa, Vagonlarni ta'mirlash xizmati 2-o‘ringa hamda bahor va bayram nafasi ufurib turgan dasturxon bezagi bilan 3-temir yo‘l sexi faxrli 1-o‘ringa munosib deb topildi. G‘oliblar kasaba uyushmasi qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Obid Sarkayev,

STTB Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech