• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Zilzila bo‘lganda baxtsiz hodisa vaqtida ishchi-xodimlarni qutqarish

29 May 2023, 9:38 494

Joriy yilning 25-may kuni Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasida "Zilzila bo‘lganda baxtsiz hodisa vaqtida ishchi-xodimlarni qutqarish" mavzusida taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ssenariysiga ko‘ra, yer qimirlashi oqibatida yonilg‘i mahsulotlari saqlanadigan yirik hajmli sisternalarda yong‘in ro‘y berdi. Yuzaga kelgan favqulodda holat bo‘yicha zudlik bilan barcha qutqaruv xizmatlari xabardor etildi. Jabrlanuvchilar tezlikda xavfsiz joyga evakuatsiya qilinib, ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi. Fuqaro muhofazasi otryadi xodimlari tomonidan qutqaruv ishlari olib borildi. Kombinat obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi xodimlari tomonidan esa ro‘y bergan yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasi qutqaruv tuzilmalarining baxtsiz hodisa roʻy berganda harakatlari sinovdan o‘tkazildi.

Bahrom Mambetov,

Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasi

mehnat muhofazasi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis

Bo`lishmoq:
Text to speech