Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33...1966-yil 26-aprel kuni soat 5:23da Toshkentda dahshatli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila o‘chog‘idagi silkinish magnitudasi 5,2, episentrdagi yer yuzasida seysmik ta'sir esa 8 balldan ortiq, chekka joylarda 6 ballni tashkil etdi.
Kuchli zarbadan uylar qiyshayib va yorilib ketdi. O‘nlab, asosan jamoat binolari qulab tushdi. 78 ming oila, yoki o‘shanda poytaxtda istiqomat qilgan 1,5 millionlik aholining 300 mingdan ortig‘i uysiz qoldi. Zilzila oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi va taxminan 200 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
2023-yilda Turkiyada sodir bo‘lgan zilzilar ham dahshatli oqibatlari bilan tarix sahifalaridan joy oldi. Zilzila natijasida minglab odamlar halok bo‘lishdi, ko‘plab binolar vayronaga aylandi. Xudo ko‘rsatmasinu, moboda mana shunday zilzila sodir bo‘lsa qanday harakat qilasiz? Mana shunday favulodda vaziyatlar ro‘y berishiga tayyormizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan aynan zilzilada to‘g‘ri harakat qilishni o‘rgatuvchi elektron materiallar tayyorlangan. Quyidagi havola orqali ushbu foydali qo‘llanmalar bilan tanishishingiz mumkin: