• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Zimmamizga yuklatilgan vazifalarni sharaf bilan bajarishga doim tayyormiz!

07 Fevral 2024, 10:46 142

Munosabat

Joriy yilning 1-fevral kuni “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov korxonamiz ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan yurtboshimizni tanishtirdi.

Mazkur taqdimotda davlatimiz rahbari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga katta ishonch bildirib, bir qator yangi topshiriqlarni berdi. Jumladan, Mis eritish zavodi mis ishlab chiqarish hajmini yiliga 148 ming tonnadan 170 ming tonnagacha ko‘paytirish vazifasi belgilab berildi.

Hozirgi kunda “Yoshlik I konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasining birinchi bosqichi doirasida yiliga 60 mln. tonna ma'danni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi bilan bir qatorda sex va bo‘limlarga uskunalarni o‘rnatish ishlari jadallikda olib borilmoqda.

Ushbu fabrika ishga tushishi natijasida “Olmaliq KMK” AJning mis, oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallar ajratib olish ulushi oshadi. Buning natijasida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi va davlatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga kombinat o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadi.

3-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriq va vazifalarni ilg‘or tajriba hamda zamonaviy yondashuvlarga tayangan holda mas'uliyat bilan bajarishga tayyor.

Erkin Artikbayev,

3-Mis boyitish fabrikasi direktori

Bo`lishmoq:
Text to speech