Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun OKMK Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tashabbusi bilan “Metallurg” madaniyat saroyida o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 109 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda - Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, “Xalq so‘zi” ijtimoiy-siyosiy gazetasi muxbiri - Adiba Umirova, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a'zosi, “ORIENTAL” xususiy unversiteti matbuot xizmati rahbari Nilufar Jabborova, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Robiya Kamol, Farog‘at Musurmon qizi ishtirok etishdi.
Mehmonlar sevimli shoiramiz Zulfiyaxonimning boy ma'naviy merosini o‘rganish lozimligini ta'kidlashdi. Uning she'rlarini yod olishdi.
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak, hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
OKMK ijodkori, Mis boyitish fabrikasi ish taqsimlovchisi Ozoda Yunusova shoiraning “Bahor keldi seni so‘roqlab” misralari bilan boshlanuvchi she'rini zo‘r mahorat bilan ijro etib berdi.
Tadbirda ishtirok etgan she'riyat ixlosmandlari ham o‘zlarinig ijod namunalarini mehmonlar e'tiboriga havola etishdi. Shoira hayoti va ijodi bo‘yicha o‘z fikr-mulozalarini bildirishdi.
Ijodkorlar shuningdek, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi va Rux zavodida ham bo‘lishib, ushbu mehnat jamoalarida ishlayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashishdi. Ularning zaxmatli mehnatlarini e'tirof etishdi.
Ijodkorlar kombinat muzeyi va Qalmoqqir koni faoliyat bilan ham tanishdilar.
Zulfiya Isroilova - nafaqat shoira balki, yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol.
Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish kerakki, Zulfiya nafaqat badiiy ijodi bilan, ayni paytda o‘zbek ayoliga xos vafo va sadoqat timsoli sifatida ham xalqimiz mehrini qozongan.
Axborot xizmati