• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Diqqat, tanlov!

11 Sentyabr 2024, 8:24 510

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Ma'naviyat va ma'rifat kengashi, Axborot xizmati, kasaba uyushmasi Kengashi, Yoshlar ittifoqi hamda Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi hamkorligida tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida tanlov e'lon qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi  qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tanlov “Davlat tili ustuvorligini ta'minlagan eng namunali tarkibiy bo‘linma”, “Davlat tili ustuvorligini ta'minlagan eng namunali korxona rahbari”, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida insholar tanlovini eng yuqori saviyada tashkil etgan tarkibiy bo‘linma” kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Tanlovda korxonada to‘liq davlat tilida ish yuritish holatini ta'minlash, nazorat qilish va tartibga solish, bo‘limlarda barcha turdagi ichki hujjatlarni lotin yozuvidagi davlat tilida bo‘lishi, bino tashqi va ichki hududidagi bannerlar, eslatmalar, devoriy burchaklar, mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligidan ogohlantiruvchi yo‘riqnomalar, barcha turdagi yozuvli belgilar, yo‘riqnomalarni Davlat tilida va xatosiz bo‘lishi e'tiborga olinadi.

Shuningdek, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi ham o`tkaziladi. Tanlovda ishtirokchilar “Eng yaxshi she’r”, “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi rolik” kabi yoʻnalishlar boʻyicha bahslashadilar.

Bundan tashqari, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida insholar tanlovi ham o`tkaziladi.

Tanlov ishtirokchilari qo‘shimcha savollarini, ijodiy ishlarini, amalga oshirgan ishlarini, fotofaktlari va boshqa ma'lumotlarni telegram messenjeri orqali joriy yilning 10-oktyabriga qadar 93 182-24-83 va 93 182-50-89 raqamiga yuborishi so‘raladi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi.

Bo`lishmoq:
Text to speech