• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

DIQQAT, TANLOV!

23 May 2023, 8:19 1568

"Olmaliq KMK" AJ Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan o‘z bilimiga ishongan, Kimyo sohasining turli tarmoqlari bo‘yicha oliy malumotga ega 30 yoshdan oshmagan "Olmaliq KMK" AJ yoshlari o‘rtasida "Biz kimyogarmiz" shiori ostida "Eng yaxshi yosh kimyogar" tanlovi o‘tkaziladi.

Mazkur tanlov 2023-yil 26-may kuni soat 09:00 da kombinat O‘quv markazi binosida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan kombinat yoshlari o‘zlari haqidagi ma'lumotlar (F I Sh, tab.№, tarkibiy bo‘linma nomi, lavozimi yoki kasbi) bilan o‘z tarkibiy bo‘linmangiz Yoshlar ittifoqi raisiga murojaat etishingiz mumkin.

Tanlovning 3 nafar g‘oliblari “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Shuningdek, tanlovda 1-o‘rin g‘olibligini egallagan ishtirokchi “Olmaliq KMK” bosh kimyogariga hamda 2 va 3-uo‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar o‘z tarkibiy bo‘linmasining bosh muhandisiga 1 oylik malaka oshirishga biriktiriladi.

Aziz yoshlar, tanlovda ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

OKMK Yoshlar ittifoqi

Bo`lishmoq:
Text to speech