Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi bo'sh turgan, foydalanilmayotgan nosohaviy ob’ektlarni, yangi ish o'rinlari yaratish hisobiga fuqarolarni bandligini ta’minlash va investitsiya kiritish sharti bilan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida o'rnatilgan tartibda eng yaxshi takliflar asosida tashabbuskor tadbirkorlik sub’ektlariga samarali foydalanish uchun beriladi.
Shartlari:
- Tadbirkor bo'sh turgan ob’ektdan samarali foydalanish bo'yicha biznes loyihasini taqdim etishi lozim;
- Faoliyat yuritish shakli bo'yicha taklif berishi lozim (ijara, qo'shma korxona, sheriklik, xususiylashtirish va hokazo);
- Kommunal to'lovlar tadbirkor hisobidan to'lanadi;
- Ob’ektning butligini saqlash tadbirkor tomonidan amalga oshiriladi;
- Tadbirkor muntazam ravishda tozalash-obodonlashtirish ishlarini olib boradi;
- Ob’ektlarni uchinchi shaxslarga ijaraga berish va garovga qo'yish ta’qiqlanadi.
"Olmaliq KMK" AJ tasarrufidagi bo'sh turgan ob’ektlarning RO'YXATI YUKLAB OLISH (pdf, 205 Kb)
"Olmaliq KMK" AJ tasarrufidagi bo'sh turgan ob’ektlarning PASPORTI YUKLAB OLISH (pdf, 5,2 Mb)
Ob’ektlar yuzasidan biznes loyiha va takliflaringizni elektron ko'rinishda quyidagi ma’sul shaxslarning elektron manziliga jo'natishingiz mumkin:
1) “Olmaliq KMK” AJ Korporativ munosabatlar va investorlar bilan aloqalar xizmati boshlig'i - Abdunabiev Hasan Abdunabi o'g'li
E-mail: x.abdunabiev@agmk.uz
Telefon:+99893 182 75 35
2) “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy ishlar bo'limi boshlig'i - Salimov Begzod Asqar o'g’li
E-mail: b.salimov@agmk.uz
Telefon: +99893 182 18 30