• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

E'LON

17 Aprel 2024, 10:53 1136

“Olmaliq KMK” AJ yagona aksiyadorining 2024-yil 1-apreldagi “Olmaliq KMK” AJ ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish, aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirishlar kiritish orqali Jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi 1/2024-qr-sonli qarori qabul qilingan.

Qarorga asosan, jamiyat Ustav fondi 2 407 168 299 030 so‘mdan 2 121 961 761 088 so‘mgacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli nominal qiymati 3 914 so‘m bo‘lgan 72 868 303 dona oddiy egasi nomi yozilgan xujjatsiz aksiyalarni bekor qilish yo‘li bilan kamaytirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasiga binoan “Olmaliq KMK” AJ sizni ushbu o‘zgarish to‘g‘risida habardor qilmoqda.

Bo`lishmoq:
Text to speech