Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

E’lon

03 Fevral 2026, 9:15 100

“Olmaliq KMK” AJ Oʻquv markazi “BelAZ-7540 haydovchisi” kasbi boʻyicha oʻqish istagida boʻlgan yuk avtomobili haydovchilarini oʻqishga taklif etadi.

Majburiyatlari:

  • Belgilangan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq avtomashinani boshqarish;
  • Yo‘l varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalishga amal qilish;
  • Kombinat obyektlariga tog‘-jinslarini tashish;
  • Texnik reglamentga muvofiq avtomobilga yuqori sifatli va o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish.

Talablar:

  • O‘rta yoki oʻrta maxsus ta'lim va yosh 20 yoshdan kichik emas;
  • Yuk koʻtarish 10 t dan kam boʻlmagan yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi vazifasida ikki yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi;
  • BC haydovchilik guvohnomasi(Е toifa afzallik qiladi).

Shartlar:

  • Hamkorlikning keyingi shartlari mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • Tegishli toifadagi haydash tajribasi;
  • Yo‘l harakati qoidalarini bilish;
  • Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish;
  • Tirishqoqlik, intizom.

Oʻqish istagini bildirgan nomzodlar 2026-yil 3-fevraldan 17-fevralga qadar study.drivers@agmk.uz elektron pochta manziliga REZYUME va talab etilgan hujjatlar nusxalarini yuborishi lozim.

* Izoh: Notoʻgʻri toʻldirilgan hujjatlar koʻrib chiqilmaydi.

Bo`lishmoq:
Text to speech