"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332022-yil 27-dekabr kuni OKMK Axborot xizmati tomonidan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yil dasturi ijrosi” mavzusida press-tur tashkil etiladi.
Press-tur kombinatning Chirchiq shahrida joylashgan tarkibiy bo‘linmasi – Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida o‘tkaziladi.
Boshlanish vaqti: soat 9:00 da
Kombinat mutaxassislari va olimlari tomonidan yaratilgan yangi mahsulotlar, texnologiyalar va ilmiy ishlanmalar bilan tanishish istagida bo‘lgan barcha OAV vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.
Press-tur ishtirokchilari uchun Toshkent-Chirchiq-Chirchiq-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha transport vositasi tashkil etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun qo‘yidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz so‘raladi - (93) 182-50-89.
OKMK Axborot xizmati