Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi A. Xursanovning joriy yil 3 oktyabrdagi buyrug‘iga asosan, endilikda “Istiqlol” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohidan sinov tariqasida dam olish maskani sifatida foydalaniladi.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan ushbu maskan xizmatidan foydalanish uchun quyidagi narxlar belgilandi:
- kombinat ishchi-xodimlari va kombinatda ishlagan va amalda nafaqada bo‘lgan pensionerlar uchun yo‘llanma narxining 30%i miqdorida lyuks tipidagi 2, 3 va 4 o‘rinli xonalar – 102 000 so‘m;
- klass tipidagi 2 o‘rinli xonalar – 120 000 so‘m.
Kombinat ishchi-xodimlarining oila a'zolari uchun yo‘llanmani 50%i miqdorida
- lyuks tipidagi 2, 3 va 4 o‘rinli xonalar – 170 000 so‘m;
- klass tipidagi 2 o‘rinli xonalar – 200 000 so‘m;
Dam olish maskanida 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida o‘rin ajratmaslik sharti bilan yo‘llanmalar bepul beriladi.
Shuningdek, dam olish maskaniga borib kelish uchun transport vositasi ham ajratiladi.
Dam olish maskaniga borishni istaganlar o‘z korxonasi kasaba uyushmasi raisiga murojaat qilishlari mumkin.
IOB ma'muriyati