• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Fikr-mulohaza va takliflaringizni bildiring

24 May 2024, 8:28 1011

Prezidentimizning 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli Qaroriga muvofiq, joriy yilning may oyida “E-anticor.uz/admin” Elektron platformasida vazirlik va idoralar, shuningdek ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan o‘z (Ustavida belgilangan vazifa va funksiyalarni) faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavf va xatarlarni aniqlash, baholash ishlarini amalga oshirdilar.

Jumladan, "Olmaliq KMK" AJning 2024-yil 1-aprelda tasdiqlangan Ustavida belgilangan barcha 65ta vazifalar hamda funksiyalar korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyillik darajasi baholashdan o‘tkazildi.

Korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reestri loyihasi (Reestr loyihasi) shakllantirildi.

Baholash yakunlariga ko‘ra, kombinat Ustavida belgilangan 65ta funksiya va vazifalardan 21tasi (32,3%) – yuqori, 36tasi (55,4%) – o‘rta, 8tasi (12,3%) funksiya va vazifalarning korrupsiyaga moyillik darajasi “Past” deb e'tirof etildi.

Reyestr loyihasi Jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun “E-anticor.uz” elektron tizimiga joylashtirildi.

Kombinat xodimlari hamda keng jamoatchilik (https://e-anticor.uz/uz/ratings/registry) ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini onlayn rejimda yuborishlari mumkin.

OKMKning Komplaens-nazorat xizmati Jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida kombinatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi, bartaraf etish yoxud minimallashtirish Dasturi, korrupsiyaga moyil lavozimlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqadi va takomillashtiradi.

P.S. Kombinat yoki tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiya holatiga duch kelsangiz, albatta bizga murojaat qoldiring.

Murojaatchi shaxsi sir qolishi kafolatlanadi.

Murojaat uchun telefonlar: +998 93 182 09 04; +998 70 619 23 33.

Elektron manzil: stop.corruption@agmk.uz

"Olmaliq KMK"AJ Komplaens-nazorat xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech