Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“GeoMetTex” Ilgʻor muhandislik maktabiga qabul boshlandi!

01 Iyul 2026, 16:35 61

MISIS MTTU Olmaliq filiali negizida "GeoMetTex" Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyat boshlaganini maʻlum qilamiz. 20-iyundan boshlab magistratura taʻlim dasturlari boʻyicha 2026/2027 oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

Agar siz oʻz professional malakangizni oshirishni, eng zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtirishni va kombinat rivojiga oʻz hissangizni qoʻshishni istasangiz, sizni quyidagi taʻlim dasturlari boʻyicha tahsil olishga taklif etamiz:

- "Rangli metallar rudalarini boyitish";

- "Texnologik jarayonlarni raqamli boshqarish";

- "Noyob va ogʻir metallar metallurgiyasi".

Qabul kampaniyasining muhim sanalari:

- Hujjatlar qabuli: 2026-yil 20-iyundan 5-avgustgacha.

- Kirish imtihonlari: 2026-yil 11-avgust kuni boʻlib oʻtadi.

Hujjatlar qabul qilinadigan manzil: MISIS MTTU Olmaliq filiali (Olmaliq sh., Amir Temur koʻchasi, 56-uy).

Batafsil maʻlumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

- Filial telefoni: (70) 614-22-83

- Masʻul shaxsning mobil telefoni (Xudoyarov S.R.): +998 99 895 64 27

- Rasmiy veb-sayt: http://www.misis.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech