Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Is'temol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga qarashli qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida 2022-2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturini ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatida fuqarolarni ish bilan ta’minlash boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga qarashli qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 822 konturda (yongʻoqzor) joylashgan 7.8 gektar yer maydoni bir mavsumga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun beriladi.
Mazkur yer maydoni qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish maqsadida ijaraga ishsiz fuqarolarga beriladi. Talabgor fuqarolar Boshqaruv raisning xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari nomiga 2022 yilning 5 iyuligacha ariza bilan murojaat qiladi.
Talabgorlar yer uchun belgilangan miqdordagi toʻlovlarni hamda ekinni sugʻorishda ishlatilgan suvni yetkazib berish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlaydi.
Yerning topografik xaritasi: YUKLAB OLISH
Ma'sul shaxs: Boliqulov Toir Urolboevish
Telefon: (+998) 93 182 01 81