• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasiga oʻqishga marhamat

12 Dekabr 2022, 10:20 2272

"Olmaliq KMK" AJ va Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi o‘rtasidagi malakali kadrlar tayyorlash va o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolangan.

Ushbu hujjatga muvofiq, akademiyada 2022-2023 o‘quv yillari uchun sirtqi ta'limning bakalavr yo‘nalishida o‘qish istagini bildirgan kombinat ishchi xodimlari tavsiyanoma asosida suhbat orqali qabul qilinadi.

"Olmaliq KMK" AJ tomonidan tavsiyanoma berilgan va o‘qishga qabul qilingan talabalar kontrakt to‘lovlarini o‘z hisoblaridan amalga oshiradilar, akademiyada o‘qish davrida ishlab chiqarish amaliyotlarini kombinat korxonalarida o‘taydilar.

Akademiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga taklif etadi:

- Mehnat muhofazasi va texnika xafsizligi;

- Hayot faoliyati xavfsizligi;

- Inson resurslarini boshqarish;

- Psixologiya;

- Menejment

Akademiyada o‘qish o‘zbek va rus tillarida to‘lov kontrakt (25 mln 600 ming so‘m) asosida olib boriladi.

O‘qish istagini bildirganlar "Olmaliq KMK" AJ O‘quv markaziga 2022-yil 12-14 dekabr kunlari soat 8:00 dan 17:00 gacha murojaat etishi mumkin.

Murojaat uchun telefon: 93 182-52-09

OKMK O'quv markazi

Bo`lishmoq:
Text to speech