"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332023-yil 6-iyul kuni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining uzoq muddatli rivojlantirish istiqbollari" mavzusida forum o‘tkaziladi.
“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovasiya va ma'rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasidagi forum Olmaliq shahrida tashkil etiladi.
Forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad – Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining rivojlantirish istiqbollari va yo‘nalishlari, amalga oshirilgan islohotlar, potensial investisiya imkoniyatlarini namoyish etish hamda xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlashdan iboratdir.
Forumda qatnashish istagini bildirgan OAV vakillari va jurnalistlar uchun Toshkent-Olmaliq-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha transport vositasi tashkil etiladi.
Murojaat uchun telefon: +998 93 182-50-89
OKMK Axborot xizmati