EʼLON
07 Iyul 2026, 16:31
1366
Bank texnik-iqtisodiy asoslarini (BTIA) ishlab chiqish, himoya qilish va moliyalashtirishni jalb qilish boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida “Olmaliq KMK” AJ ishga taklif etadi.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
- iqtisodiyot, moliya, investitsiyalarni boshqarish, konchilik, metallurgiya, sanoat qurilishi, loyihalarni boshqarish yoki boshqa tegishli yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumot;
- investitsiya loyihalarini tayyorlash, BTIAni ishlab chiqish yoki yirik investitsion loyihalarga moliyalashtirishni jalb qilish sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
- yirik investitsiya loyihalari boʻyicha BTIAni ishlab chiqish yoki uni kuzatib borish boʻyicha amaliy tajriba;
- xalqaro moliya institutlari va banklar (Jahon banki, IFC, YETTB, OTB, AIIB, ITB va boshqalar)ning investitsiya loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish boʻyicha talablarini bilish;
- xalqaro konsultantlar, banklar, investorlar va davlat organlari bilan hamkorlik qilish tajribasi;
- investitsiya tahlili, loyihalar samaradorligini baholash, moliyaviy modellashtirish va loyihalarni boshqarish usullarini bilish;
- rus tilini erkin bilish; ingliz tilini kamida Upper-Intermediate (B2) darajasida bilish, ishbilarmonlik yozishmalarini yuritish, muzokaralarda ishtirok etish va texnik hujjatlar bilan ishlash uchun yetarli darajada tajribaga ega boʻlish;
- Microsoft Excel, Word, PowerPoint va Primavera dasturlarini ishonchli darajada bilish; moliyaviy modellashtirish va loyihalarni boshqarish dasturlari bilan ishlash koʻnikmasi ustunlik hisoblanadi;
- tahliliy fikrlash qobiliyati, masʼuliyatlilik, tashabbuskorlik, koʻp vazifali sharoitda ishlay olish va belgilangan muddatlarga rioya qilish qobiliyati.
Asosiy vazifalar:
- xalqaro standartlarga muvofiq investitsiya loyihalari boʻyicha bank texnik-iqtisodiy asoslarini (BTIA) tayyorlash, muvofiqlashtirish va kuzatib borish;
- xalqaro moliya institutlari, banklar, konsultantlar va davlat organlari bilan hamkorlikni tashkil etish;
- manfaatdor tomonlar oldida BTIAni koʻrib chiqish, kelishish, himoya qilish va jarayonlarini kuzatib borish;
- loyihaviy moliyalashtirish va kredit mablagʻlarini jalb qilish uchun hujjatlarni tayyorlash;
- investitsiya loyihalarining moliyaviy, texnik va iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish;
- tahliliy materiallar, taqdimotlar, hisobotlar va rasmiy yozishmalarni tayyorlash;
- xalqaro konsultantlarni jalb qilish boʻyicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va xarid jarayonlarini kuzatib borishda ishtirok etish;
- loyiha ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va ishlarning bajarilish muddatlariga rioya etilishini nazorat qilish.
Shaxsiy sifatlar:
- tahliliy va tizimli fikrlash qobiliyatining yuqori darajada rivojlanganligi;
- strategik fikrlash va asoslangan qarorlar qabul qilish qobiliyati;
- yuqori masʼuliyat hissi va natijaga yoʻnaltirilganlik;
- tashabbuskorlik, mustaqillik va vazifalarni hal qilishda proaktiv yondashuv;
- ishbilarmonlik muloqoti, muzokaralar olib borish va taqdimotlar oʻtkazish boʻyicha rivojlangan koʻnikmalar;
- xalqaro moliya institutlari, konsultantlar, davlat organlari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlik qilish qobiliyati;
- koʻp vazifali, yuqori ish yuklamasi va cheklangan muddatlar sharoitida samarali ishlash qobiliyati;
- loyiha faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va boshqarish koʻnikmalari;
- texnik, moliyaviy va tahliliy maʼlumotlarning katta hajmi bilan ishlash hamda tafsilotlarga eʼtiborli boʻlish qobiliyati;
- kasbiy pozitsiyasini asosli himoya qilish va loyiha yechimlarini himoya qila olish qobiliyati;
- oʻzini yuqori darajada tashkil qila olish, intizomlilik va belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya qilish;
- xizmat safarlariga tayyorlik hamda muzokaralar, yigʻilishlar va taqdimotlarda, shu jumladan xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi tadbirlarda qatnashishga tayyorlik;
- kasbiy etika, maxfiylik va korporativ madaniyat meʼyorlariga rioya qilish;
- kasbiy rivojlanishga intilish va malakani muntazam oshirib borish;
- qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlarni kuzatish va tushunish;
Shartlar:
- zaruratga koʻra xizmat uy-joyi bilan taʼminlanadi;
- ishlarni bajarish davrida ovqatlanish bilan taʼminlanadi;
- zarur mehnat sharoitlari, ish joyi va texnik vositalar bilan taʼminlanadi;
- xalqaro darajadagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.
Rezyumega quyidagi hujjatlar nusxalarini majburiy tarzda ilova qilish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom;
- rezyume;
- sertifikatlar.
Ishlash istagini bildirgan nomzodlar 2026-yil 7-iyuldan 31-iyulga qadar ushbu a.bobohonov@agmk.uz elektron pochta manziliga rezyume va talab etilgan hujjatlar nusʼhalarini yuborishi lozim.
Izoh: Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʼlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʼlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.