Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

E’lon

24 Fevral 2026, 16:14 41

Geologiya fanlari universiteti va AQSHning “World Learning Inc” kompaniyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 15-fevralidan 2-maygacha togʻ-kon, metallurgiya va geologiya sohalari mutaxassislari uchun moʻljallangan ingliz tili kursi (MOOC) tashkil etildi.

Mazkur dastur “MOOC” ochiq, onlayn oʻquv platformasi bo‘lib, bepul ingliz tili kurslarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Barcha darslar onlayn tarzda tashkil etilgan boʻlib, xodimlarni ish jarayoniga taʼsir koʻrsatmagan holda oʻzlariga qulay vaqtda shugʻullanishi mumkin ekanligi va kurs yakunida maxsus sertifikat berilishi belgilangan.

Platforma 15-fevraldan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlari uchun ochilgan va roʻyxatdan oʻtish imkoniyati mavjud.

Agar siz Ingliz tilini oʻrganish yoki darajangizni oshirish niyatida bo‘lsangiz mazkur kursda oʻqish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz kerak bo‘ladi:
bit.ly/4pxmM18

Savollaringiz bormi? World Learning bilan gillian.mcclelland@worldlearning.org manziliga murojaat qilish orqali bog’laning yoki Telegram orqali Mining MOOCga xabar yuboring. t.me/MiningMOOC

Bo`lishmoq:
Text to speech