• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ochiqlik va shaffoflik tamoyili amalda

10 Iyun 2022, 15:11 1642

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha Respublika Kengashining 2022 yildagi 8-sonli bayonnomasida  fuqarolarning axborot olish huquqini ta’minlash boʻyicha bir qator vazifalar belgilangan.

Ushbu vazifalarning ijrosi ta’minlash, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Axborot xizmati tomonidan ta’minlab kelinmoqda. Ochiq ma’lumotlar shaffoflik, ichonch va yangi imkoniyatlarga keng yoʻl ochib beradi.

Jumladan, kombinatning rasmiy veb sayti www.agmk.uz da  alohida “Ochiq ma’lumotlar” boʻlimi tashkil etilgan boʻlib, mazkur boʻlimda yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlarini qiziqtirgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyatiga oid ochiq ma’lumotlar toʻplamiga kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin.

Boʻlimda kombinat rahbariyatining qabul kunlari, kombinatning, tarkibiy va hududiy korxonalarning aloqa uchun ma’lumotlari, korxonadagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari,  ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularning hajmi, yillik xarid rejasi roʻyxati, buxgalteriya hisobotining milliy standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlar, amalga oshirilgan davlat xaridlari, affillangan shaxslar bilan tanishish imkoniyatilari yaratilgan.

Mazkur Ochiq ma’lumotlar toʻplamigagi ochiq ma’lumotlar har oy/chorakda yangilanib turiladi.

Ochiq ma’lumotlar mashina oʻqiydigan formatlarda, ya’ni XML, CSV, JSON, XLS, RDF formatlarda joylashtirilgan.

Ma’lumotlar bilan quyidagi havola bilan tanishingiz mumkin: https://agmk.uz/oz/opendata

Bo`lishmoq:
Text to speech