"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Aksiyadorlik jamiyatlari samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha komissiya yigʻilishining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv Kodeksining tavsiyalariga rioya qilish maqsadida, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ korporativ boshqaruv tizimini baholaydigan mustaqil tashkilotni tanlash uchun tanlov e’lon qiladi.
Mustaqil baholash davri: 2024-yil - yillik baholash.
Tanlovda ishtirok etish uchun da’vogarlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart: litsenziyaning nusxasi
rahbar va mutaxassislarning amaldagi malaka sertifikatlari
tashkilot toʻgʻrisida batafsil ma’lumot
xizmatlarni taqdim etish boʻyicha moliyaviy taklif
Tanlovda qatnashish uchun hujjatlar 2025-yil 8-mayga qadar Jamiyatning quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi kerak:
e-mail: info@agmk.uz; b.bayzakov@agmk.uz.
Korporativ kotibiyat