Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Olmaliq KMK” AJ sugʻurta kompaniyalariga tanlov e'lon qiladi

04 Noyabr 2025, 15:10 353

Oʻzbekiston Respublikasi xududida sugʻurta sohasida xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar diqqatiga: Ushbu bilan Sizga shuni ma’lum qilamizki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24 iyundagi 177-sonli “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari” haqidagi qaroriga asosan, “Olmaliq KMK” AJ tomonidan 2025-2026 yillar davri uchun ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish nazarda tutilgan.

Tijorat takliflariga quyidagilarni ilova qilishingizni soʻraymiz

  1. Tasdiqlangan milliy reytingning amaldagi sertifikati "UzA++" dan past emas, reyting boʻyicha prognozi "Barqaror"dan kam emas.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta bozorida 3yildan ortiq tajribiga egaligi.
  3. Ish beruvchi majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuzaga kelishida aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan qaytatalab qilish huquqi boʻyicha sud ishlari mavjud emasligi.
  4. Ish beruvchi majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuzaga kelishida bila turib zarar yetkazgan aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan qayta talab qilish huquqini jinoiy ish natijalari boʻyicha qoʻllash.
  5. Sugʻurta holatlarini (kasb kasalliklari va mehnat jaroxatlari holatlari) tan olish masalalari boʻyicha sud ishlari mavjud emasligi.
  6. Sugʻurta tavonini (bir martalik va har oylik toʻlovlari) jabrlanuvchi yoki naf oluvchi shaxsga oʻz vaqtida toʻlab berilishi.

Takliflar 2025 yil 21 noyabrgacha qabul qilinadi.

Bog’lanuvchi shaxs: Mehnat muhofazasi bo’yicha muhandis Karimov Sherzod Sherali ugli.

Telefon (+99893 182 63 80)

Email info@agmk.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech