• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Ona tilim - faxrim”

09 Oktyabr 2023, 16:30 887

"O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi Qonunining 34 yilligi hamda 21-oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim - faxrim” mavzusida videoroliklar va she'rlar tanlovi e'lon qilinadi.

OKMK Axborot xizmati, kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilayotgan tanlovda ishtirokchilar o‘z ijodiy namunalarini 18-oktyabr sanasiga qadar yuborishlari so‘raladi.

She'rlar tanlovi bo‘yicha ijodiy ishlar 93 182-01-22 telefon raqamiga telegram messenjeri orqali yuboriladi.

Videoroliklar tanloviga ijodiy ishlar esa 93 182-24-83 telefon raqamiga yuborilishi so‘raladi.

Aziz hamshaharlar va kombinat ishchi-xodimlari, tanlovda faol ishtirok eting!

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech