Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23-avgust 2021-yildagi PQ-5227-sonli qarori bilan tashkil etilgan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida o‘qish istagini bildirgan fuqarolarga tavsiyanoma asosida talaba bo‘lish imkoniyati beriladi.
Shuningdek, akademiyaga o‘qishga kirgan talabgor bilan “Olmaliq KMK” AJ o‘rtasida 3 tomonlama shartnoma imzolanadi. Ushbu shartnomaga asosan birinchi tomon talabgor o‘z hisobidan butun o‘qish davri mobaynida shartnoma mablag‘ini to‘laydi, ikkinchi tomon Akademiyaning o‘quv dasturiga binoan sifatli ta'lim berishini kafolatlaydi hamda uchinchi tomon “Olmaliq KMK” AJ akademiyada tahsil olishi uchun tavsiyanoma beradi. O‘quv dasturiga binoan ishlab chiqarish amaliyotlarini kombinat takibiy bo‘linmalarida o‘taydi, talabgor o‘quv yurtini muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng kombinatga ishga qabul qilinishi kafolatlanadi.
O‘qish istagini bildirgan talabgorlar "Olmaliq KMK" AJ O‘quv markaziga 2022-yil 15-avgustgacha soat 8:00 dan 17:00 ga qadar murojaat qilishlari mumkin.
Murojaat uchun telefon: 78 141-93-04, 93 182-52-09