"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Xabaringiz bor, “Olmaliq KMK” AJ Germaniya Respublikasining Frayberg texnika universiteti Kon ishi va shaxta qurilish instituti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan edi.
Endilikda Frayberg texnika universitetining magistratura bosqichida o‘qish istagini bildirgan fuqarolarga tavsiyanoma asosida talaba bo‘lish imkoniyati beriladi.
Mazkur oliygohning magistratura bosqichida o‘qish ingliz va nemis tillarida bo‘lganligi sababli, qabul jarayonida abituriyentlardan bakalavr diplomi, ingliz tilidan IELTS 6.5 va nemis tilini bilish darajasi kamida B2 bo‘lishi shartligini ma'lum qilamiz.
O‘qish istagini bildirgan talabgorlar “Olmaliq KMK” AJ O‘quv markaziga 2022 yil 16 avgustgacha soat 8:00 dan 17:00 ga qadar murojaat qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, talabgorlar bakalavr darajasiga ega bo‘lishlari kerak.
Murojat uchun telefon: 93-182-52-09
OKMK O‘quv markazi