• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O‘quv markazi “BelAZ haydovchisi” kasbi bo‘yicha o‘qishga taklif etadi

16 Iyun 2023, 17:25 4833

“Olmaliq KMK” AJ O‘quv markazi zahira kadrlar tayyorlash maqsadida “BelAZ haydovchisi” kasbi bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan yuqori mehnat tajribasiga ega bo‘lgan haydovchilarni o‘qishga taklif etadi.

O‘qish istagini bildirgan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

BelAZ-7540 (30 tn) haydovchisi o‘quv kursiga

  • Ma'lumoti: o‘rta yoki o‘rta-maxsus;
  • “BC” kategoriyali haydovchilik guvohnomasi;
  • 12 tonna va undan yuqori bo‘lgan og‘ir yuk avtosamosval haydovchiligi bo‘yicha 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat tajribasi;
  • Mehnat daftarchasi.

BelAZ-75131 (130 tn) haydovchisi o‘quv kursiga

  • Ma'lumoti: o‘rta yoki o‘rta-maxsus;
  • “BC” kategoriyali haydovchilik guvohnomasi;
  • 25 tonna va undan yuqori bo‘lgan og‘ir yuk avtosamosval haydovchiligi bo‘yicha 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat tajribasi;
  • Mehnat daftarchasi.

Hujjatlar 2023-yil 16-iyundan 23-iyunga qadar sh.rahmonov@agmk.uz elektron manziliga yuborilishi munkin.

Murojaat uchun: Tel: +99893 182-14-64

OKMK Oʻquv markazi

Bo`lishmoq:
Text to speech