• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O‘qishga marhamat!

14 Noyabr 2022, 16:47 2741

“Olmaliq KMK” AJ Germaniya Respublikasining Frayberg texnika universiteti Kon ishi va shaxta qurilish instituti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.

Frayberg texnika universiteting magistratura bosqichida o‘qish istagini bildirgan fuqarolarga tavsiyanoma asosida talaba bo‘lish imkoniyati beriladi.

Akademiyaning magistratura bosqichida o‘qish ingliz va nemis tillarida bo‘lganligi sababli, qabul jarayonida abituriyentlardan bakalavr diplomi, ingliz va nemis tillarini mukammal bilishini shartligini ma'lum qilamiz.

Magistratura yo‘nalishlari:

- Murakkab materiallarni tahlil qilish

- Mineral resurslarni jadal o‘zlashtirish

- Hisoblash materialshunosligi

- Mineral resurslarni boshqarish geomatikasi

- Geofanlar

- Yer osti suvlarini boshqarish

- Rivojlanayotgan bozorlarda xalqaro biznes va resurslar

- Mashinasozlik va texnologik jarayonlar

- Metall materiallar texnologiyasi

- Rekultivatsiya va foydali qazilmalarni qazib olishni barqaror boshqarish

- Tabiiy resurslarni barqaror va innovatsion boshqarish

- Noorganik muhandislik materiallari texnologiyasi va qo‘llanilishi

O‘qish istagini bildirgan talabgorlar “Olmaliq KMK” AJ O‘quv markaziga 2022-yil 25-noyabr soat 8:00 dan 17:00 ga qadar murojat qilishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: 93-182-52-09

OKMK O‘quv markazi

Bo`lishmoq:
Text to speech