Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKDA SUN’IY INTELLEKTNI QO‘LLASH BO‘YICHA ENG YAXSHI G‘OYA TANLOVIGA MARHAMAT!

30 Iyul 2026, 10:1 40

“Olmaliq KMK” AJ barcha xodimlarni sun’iy intellektni (SI) qo‘llash bo‘yicha eng yaxshi g‘oyalar tanlovida ishtirok etishga taklif etadi!

G‘oliblarni nimalar kutmoqda?
Eng yaxshi g‘oyalar Kombinat rahbariyatiga taqdim etiladi.
Tanlovning mukofot jamg‘armasi — 100 000 000 so‘m.
Bosh mukofot: loyihani mablag‘ ajratilgan holda kelgusi yilgi amalga oshirish rejasiga kiritish, g‘oya muallifini loyihaning “biznes buyurtmachisi” etib tayinlash hamda loyiha joriy etilishi yakunlari bo‘yicha tegishli tartibda mukofotlash.

Qabul muddati: 2026-yil 20-avgustgacha.

Qaysi yo‘nalishlarda g‘oya berish mumkin?
• bashoratli texnik xizmat ko‘rsatish;
• texnologik jarayonlarni optimallashtirish;
• kompyuter ko‘rishi;
• intellektual logistika;
• hujjatlar va hisobotlar bilan ishlashni avtomatlashtirish;
• eko-monitoring;
• sun’iy intellektni qo‘llashning boshqa yo‘nalishlari.

Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
• mavjud muammo;
• taklif etilayotgan SI-yechimi;
• kutilayotgan biznes-samara;
• yechimni amalga oshirishda foydalanish mumkin bo‘lgan mavjud ma’lumotlar;
• g‘oya muallifining ma’lumotlari: F.I.Sh., lavozimi va tarkibiy bo‘linmasi.

G‘oyalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
• ma’lumotlarning tayyorligi;
• iqtisodiy samaradorlik;
• kengaytirish imkoniyati;
• ishlab chiqarish xavfsizligiga ta’siri.

G‘oyalarni topshirish portali:
https://apps.agmk.uz:4433/ai-portal/ 

Portal faqat OKMKning ichki korporativ tarmog‘idan foydalanilganda ochiladi.
 
MUHIM: G‘oyalarni topshirish portaliga kirish faqat OKMK domen hisob qaydnomasi orqali va OKMKning ichki korporativ tarmog‘idan amalga oshiriladi.

Xodimda domen hisob qaydnomasi yoki ishchi kompyuter mavjud emasligi tanlovda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Portalga kirish imkoniyati bo‘lmagan xodimlar arizani topshirish uchun o‘zining bevosita rahbari, ustasi yoki bo‘linmadagi domen hisob qaydnomasi va korporativ tarmoqqa kirish huquqiga ega boshqa xodimga murojaat qilishlari mumkin.

Bunda ariza kimning domen hisob qaydnomasi orqali yuborilishidan qat’i nazar, ariza shaklida g‘oyaning haqiqiy muallifi F.I.Sh., lavozimi va tarkibiy bo‘linmasi albatta ko‘rsatilishi lozim.

Har bir ishtirokchi tanlangan yo‘nalishlardan biri bo‘yicha faqat bitta g‘oya taqdim etishi mumkin.

Tanlov bo‘yicha murojaat uchun:
Telefon: +998716191564
E-mail: ai@agmk.uz  

Tanlovda o‘z g‘oyalaringiz bilan qatnashing va kombinat taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Bo`lishmoq:
Text to speech