• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Rezyumelar qabul qilinadi

29 Oktyabr 2024, 13:27 8880

“Olmaliq KMK” AJdagi quyidagi kasblarga rezyumelar qabul qiladi.

Mis eritish zavodi quvvatlarini kengaytirish loyihalarini, 4-MBF, 5-MBF qurilishi loyihalarini, shuningdek tezkor yaxshilash va transformatsiyalash loyihalarini amalga oshirish munosabati bilan, xorijiy tillarni (ingliz, xitoy) biladigan yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan keskin ehtiyoj yuzaga kelmoqda. 

Yoʻnalishlar roʻyxati:

  1. Rangli metallar metallurgiyasi boʻyicha muhandis-texnolog;
  2. Rudalarni boyitish boʻyicha muhandis-texnolog;
  3. Kimyo sanoati muhandis-texnologi;
  4. Tezkor samaradorlikni oshirish sohasida ish tajribasiga ega iqtisodchilar;
  5. Gidravlik mexanizmlarni taʼmirlash boʻyicha mutaxassis;
  6. Yuk koʻtarish avtokranlari xavfsizligining elektr-sozlash anjomlari boʻyicha mutaxassis;
  7. Nim stansiyalar katta ustasi (nimstansiyalar va tarmoqlar energetigi);
  8. Nim stansiyalar ustasi;
  9. Sozlash va sinovlar boʻyicha yetakchi muhandis;
  10. 1-toifali sozlash va sinovlar boʻyicha yetakchi muhandis;
  11. Oʻtkazishlar boʻyicha usta;
  12. Releli himoyalash va avtomatikani sozlash guruhi energetigi;
  13. Uchastka energetigi;
  14. Sex energetigi;
  15. Elektr uskunalarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha elektr montyor;
  16. Elektr mashinalari elementlari oʻrovchisi;
  17. Releli himoyalash va avtomatika apparaturalarini taʼmirlash boʻyicha elektr montyor.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma srp3@agmk.uz orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon ma’lumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Ma’lumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech