"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan OKMK Komplaens xizmati, Maʼmuriy-ijtimoiy ishlar departamenti, Axborot xizmati hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi” mavzusida tanlov oʻtkaziladi.
Mazkur tanlov kombinat tarkibiy boʻlinmalari va korxonalari yoshlari oʻrtasida tashkil etilib, ishtirokchilar “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi rasm”, “Eng yaxshi taqdimot”, “Eng yaxshi sheʼr” va “Eng yaxshi ijtimoiy videorolik”lar kabi yoʻnalishlarda bellashishadi.
“Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi sheʼr” yoʻnalishi boʻyicha ishtirokchilar ijodiy ishlarini telegram orqali 93 182-01-22 raqamiga, “Eng yaxshi ijtimoiy videorolik” yoʻnalishi boʻyicha ijodiy ishlarini 93 182-24-83 raqamiga yuborishlari soʻraladi.
“Eng yaxshi rasm” va “Eng yaxshi taqdimot” yoʻnalishi boʻyicha ishtirokchilar ijodiy ishlarini 93 182-23-13 raqamiga yuborishlari soʻraladi.
Ijodiy ishlar joriy yilning 30-noyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.