• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Jismoniy va yuridik shaxslar diqqatiga!

18 Sentyabr 2024, 15:28 871

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida muammolarga duch keldingizmi?

togʻ-kon sanoati, geologiya va sanoat xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari koʻrsatilishi jarayonida asossiz talablar, sunʼiy toʻsiqlar hamda boshqa noqonuniy holatlar kuzatilganda;

togʻ-kon sanoati va geologiya sohasi korxonalari bilan hamkorlikda ishlash jarayonida, shu jumladan fuqarolarni ishga olish, shartnomalar tuzish va uni bajarish jarayonida soha xodimlari harakatlarida noqonuniy moddiy yoki nomoddiy manfaatdorlikni koʻzlash holatlariga duch kelganingizda;

togʻ-kon sanoati va geologiya sohasi korxonalarining xodimlari tomonidan taʼmagirlik harakatlari sezilganda;

togʻ-kon sanoati munosabatlarini boshqarish hamda yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, kon munosabatlarini boshqarish sohasi xodimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasidan chetga chiqganligi maʼlum boʻlganda

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining

Ishonch telefon orqali 71-256-08-62;

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimiga 71-256-15-67;

@geoantikorbot telegram botiga yoki

anticor@mingeo.uz elektron manziliga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

Shaxsingiz sir saqlinishi kafolatlanadi. Hurmatli fuqorolar! Korrupsiyaga qarshi kurashda Siz ham oʻz hissangizni qoʻshing va bizga xabar bering!

Bo`lishmoq:
Text to speech