"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Aksiyadorlik jamiyatlari samaradorligini oshirish hamda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida, Korporativ boshqaruv Kodeksining (2015 yil 31 dekabrdagi 9-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan) tavsiyalariga muvofiq, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ korporativ boshqaruv tizimini baholash boʻyicha mustaqil tashkilotni tanlash uchun tender e’lon qiladi.
Baholash davri: 2025 yil uchun yillik baholash.
Tanlovda ishtirok etish shartlari: Tanlovda Korporativ boshqaruv Kodeksi talablariga javob beruvchi tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovni oʻtkazish tartibi: Mustaqil baholash tashkilotini tanlash "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ Kuzatuv kengashi qaroriga asosan tanlov (tender) yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2026 yil 2 aprelga qadar.
Hujjatlarni yuborish manzili (elektron pochta):
info@agmk.uz, shx.nazarova@agmk.uz
Barcha manfaatdor tashkilotlarni mazkur tanlovda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Korporativ kotibiyat