• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Yosh kitobxon" ko‘rik-tanloviga marhamat

21 May 2024, 8:7 502

Kitobsevar yoshlar uchun ajoyib yangilik. Kitob o‘qib daromad olishni xohlaysizmi? Unda shoshiling. Kombinat yoshlari o‘rtasida "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Koʻrik-tanlov tashabbuskori Kombinat Yoshlar yetakchilari kengashi tomonidan kombinatimizning 75 yilligini keng nishonlash, OKMK yoshlari oʻrtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targʻib etish maqsadida kombinatda mehnat qilayotgan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar o‘rtasida "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovi oʻtkazilishi rejalashtirildi.

Ko‘rik-tanlov quyidagi kitoblar ro‘yxati asosida bo‘lib o‘tadi:

Kitoblar roʻyxati:

1) “Boburnoma”- Zaxiriddin Muhammad Bobur.

2) “Shaytanat” - Toxir Malik.

3) “Yulduzli tunlar” – Pirumqul Qodirov.

4) “Ufq” roman - Said Ahmad.

5) “Mehrobdan chayon” – Abdulla Qodiriy.

6) “Alkimyogar” - Paulo Koelo.

7) “Mungli ko'zlar” – Xudoyberdi To‘taboyev.

8) “Telba” romani – Fyodor Dostoyevskiy.

9) “Ikki eshik orasi” - O‘tkir Hoshimov.

10) “Avg'on shamoli” – Isoqjon Nishonov.

11) “Otamdan qolgan dalalar” - Togʻay Murod.

12) “Bemor” - Abdulla Qahhor.

13) “Oliver Tvistning boshidan kechirganlari" - Charlz Dikkens.

14) “Oq kema" - Chingiz Aytmatov.

15) “Boshsiz chavandoz" – Tomas Mayn Rid.

16) “Yodgor” - G'ofur G'ulom.

17) “O'tgan kunlar” - Abdulla Qodiriy.

18) “Dunyoning ishlari” - Oʻtkir Hoshimov.

19) Oʻgay ona" - Ahmad Lutfiy Qazonchi.

20) “Urushning soʻngi qurboni” - Oʻtkir Hoshimov.

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar joriy yilning 30-may kuniga qadar @Alisher_usmon telegram manziliga ariza qoldirishlari soʻraladi.

Tanlov g‘oliblari OKMK Yoshlar ittifoqi tomonidan Diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Ma'lumot uchun: +998 93 182 26 80

OKMK Yoshlar ittifoqi

Bo`lishmoq:
Text to speech