• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Brifing: OKMK da 1-yarim yillik natijalar

14 Iyul 2023, 9:6 1062

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Olmaliq KMK axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva o‘tgan olti oylik faoliyat natijalari haqida ma'lumot berdi:

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 1-yarim yillik natijalari bo‘yicha barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishiga erishildi.

Jumladan, qiymati 15 trlndan so‘mdan ziyod bo‘lgan tovar mahsulot ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz 103,9%ga bajarildi.

Ruda qazib olish vazifasi 100%ga, konsentratda mis metalli - 105,2%ga uddalandi.

Mis xom ashyosini ishlash bo‘yicha 104,7%lik o‘sish sur’atiga erishilgan.

Bundan tashqari, mis kuporosi, emallangan mis sim, texnik selen va tellur, perrennat ammoniy, palladdiy kukuni, molibden 3 oksidi kabi mahsulotlarning ishlab chiqarish prognozlari ham bajarildi.

Tasdiqlangan investitsiya dasturi bo‘yicha olti oyda 454,2 mln dollar o‘zlashtrildi. Bu prognozga nisbatan 107,6 foizni tashkil etadi.

Mahalliylashtirish Dasturi doirasida 131 ta loyiha bo‘yicha amalda 169,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz (146,4 mlrd so‘m) 115,5 foizga bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 121,6 foizni tashkil etdi.

Eksportga to‘xtaladigan bo‘lsak, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida 361 million 954 ming dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi.

Belgilangan prognoz - 100,4%ga bajarildi.

Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 30 012 tonna mis mahsulotlari, 17 549 tonna rux mahsuloti eksport qilindi.

446 tonna molibden mahsulotlari eksport qilinib, prognoz ko‘rsatkichi 132,8 foizga bajarilgan.

Shuningdek, xorijga reniy, mis kuporosi, palladiy kukuni, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar ham eksport qilingan.

O‘tgan yilda kombinat mahsulotlari eksporti geografiyasi kengaydi. Yangi bozorlar – Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal davlatlariga qiymati 14,3 million dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Byudjetga to‘lovlar 1-yarim yillikda 6140,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Shu oʻrinda, kombinatning Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi muddatidan avval yillik eksport prognozini bajarganini ta’kilab o‘tmoqchiman.

Birlashma mehnat jamoasiga joriy yilda molibden va volfram metallari tayyor mahsulotining eksportini amalga oshirish bo‘yicha 29mln 50 ming dollarlik vazifa qo‘yilgan bo‘lsa, kuni kecha, birlashma jamoasi qiymati 29mln 401ming dollardan ziyod bo‘lgan mahsulot eksport qilinishiga erishdi. Va yillik belgilangan prognoz muddatidan avval 101,2% bajarildi.

Bo`lishmoq:
Text to speech