• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Brifing: OKMK tomonidan 2024-yilda 38,1 trln so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 116,1%ga bajarilgan

17 Yanvar 2025, 16:26 20

AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Olmaliq KMK" Axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2024-yilda bajarilgan ko‘rsatkichlar haqida quyidagilarni ma'lum qildi:

Ishlab chiqarish

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2024-yilda 38,1 trln so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 116,1%ga bajarilgan.

Shuningdek, 7,5 mlrd so‘mlik xalq iste'moli mollari tayyorlangan.

Jumladan, mis rudasini qazib olish vazifasi 101,6%ga bajarilib, +104,5%lik o‘sish sur'atiga erishilgan.

Mis xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha reja 100,1%ga bajarilib, o‘sish sur'ati +101,6% bo‘lgan.

2024-yilda o‘z xomashyosidan kombinat tarixida birinchi marotaba 130,0 ming tonna mis ishlab chiqarish evaziga rekord natija qayd etildi. Ushbu natija 2017-yilga nisbatan 23,7 ming tonnaga ziyod bo‘lganini alohida ta'kidlash joiz.

Bundan tashqari, o‘z xom ashyomizdan rux ishlab chiqarish vazifasi 117,1%ga uddalangan.

Polimetall rudalarni qazib olish va ularni qayta ishlash rejasi esa 100,5%ga bajarilgan.

Shuningdek, oltin tarkibli rudalarni qazib olish va qayta ishlash hamda mis kuporosi, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni emallangan mis simlar, molibden 3 oksidi, sulfat kislotasi kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish vazifalarining bajarilishi ham ta'minlangan.

Mahalliylashtirish.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mahalliylashtirish dasturi ham samarali amalga oshirildi.

2024-yilda 268 ta loyiha bo‘yicha 1 trln 567 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz 103%ga bajarildi. 2023-yilga nisbatan o‘sish 3,6 barobarni, import o‘rnini bosish samaradorligi 121,5 mln dollarni tashkil qildi.

Eksport

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2024-yilda mahsulotlar eksporti borasidagi vazifalarning bajarilishi ham ta'minlandi.

Jumladan, 2024-yilda 610,9 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 111,1%ga bajarildi.

Mahsulotlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘tgan yili xorijlik hamkorlarga 51 698 tonna mis mahsulotlari, 28 859 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, o‘sish sur'ati kuzatilgan.

Bundan tashqari, qo‘rg‘oshin konsentrati, molibden, reniy, kadmiy, mis kuporosi, palladiy kukuni kabi mahsulotlar eksportida ham ko‘zlangan natijaga erishilgan.

Ma'lumot uchun: 2024-yil uchun 550,0 mln dollarlik mahsulot eksport qilinishi belgilangan bo‘lib, 2024-yilning 15-noyabr kuni yillik eksport prognozi muddatidan avval bajarildi.

Investitsiya dasturi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan Investitsiya dasturi bo‘yicha 2024-yilda 1 mlrd 943,9 mln dollar mablag‘lar o‘zlashtirilib, prognoz 103,2%ga bajarildi yoki 2023-yilga nisbatan o‘sish sur'ati 172,3 foizni tashkil qildi.

Raqamlashtirish

2024-yilda OKMKda raqamlashtirish bo‘yicha 31 ta chora-tadbirlar amalga oshirilib, jami bo‘lib 92 mlrd 550 mln so‘m mablag‘ iqtisodiga erishildi.

Mahsulot tannarxini pasaytirish

2024-yilda mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha ham kompleks chora-tadbirlari  amalga oshirildi. Va bu borada oldimizga qo‘yilgan prognoz 1 trln 329,5 mlrd so‘m, ya'ni jami xarajatlarning 10,03% miqdorida belgilangan bo‘lsa, amalda hisobot davrida mahsulotlar tannarxi 1 trln 670,5 mlrd so‘m yoki jami xarajatlar 12,6% miqdorida kamaytirildi. Prognoz esa 125,7%ga bajarildi.

Byudjetga to‘lovlar                                                               

OKMK tomonidan 2024-yilda davlat byudjetiga jami 19,3 trln so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.

Bo`lishmoq:
Text to speech