Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida OKMK Axborot xizmati tomonidan “Olmaliq KMK” AJda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining ijrosi" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda OKMK Investitsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Obid Jonsaidov, "Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish" investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi boyitish kompleksi(3-MBF) direktori o‘rinbosari Oleg Staroverov hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
- Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy megaloyihasi jadallik bilan amalga oshirilayapti -, deydi O.Jonsaidov. - Loyiha boshidan buyon 136,1 mln m3 (yil boshidan 32,0 mln m3) kon yuzasini ochish ishlari bajarildi (ishlar 2 smenada tashkil etilib, 1 743 nafar ishchi-xodimlar va 400 ta texnika ishlamoqda) hamda 32,1 km (yil boshidan – 19,7 km) temir yo‘l yotqizildi.
593 ta (415 mln dollar) kon texnikasi (23 ta burg‘ilash uskunasi, 29 ta ekskavator, 54 ta 130 tonnalik va 29 ta 220 tonnalik BelAZ samosvallari, 80 ta yo‘l qurish texnikasi, 12 ta aralashtirish-zaryadlash mashinalari), shuningdek 225 ta (50 mln dollar) temir yo‘l texnikasi (1 ta elektrovoz, 5 ta teplovoz, 212 ta dumpkar, 7 ta yo‘l qurish texnikasi) xarid qilindi.
Yiliga 25 mln m3 bo‘sh tog‘ jinslarini tashuvchi Siklli oqim texnologiyasini (“SPT-poroda”) qurish uchun 5,6 mln m3dan ortiq yer ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, yiliga 65 mln tonna ma'danni 3-mis boyitish fabrikasiga tashuvchi Siklli oqim texnologiyasini (“SPT-ruda”) qurish maydonchasini tayyorlash bo‘yicha 2,5 mln m3dan (jami 5,0 mln m3) ziyod yer ishlari amalga oshirildi.
Kon va bo‘sh tog‘ jinslarini tashuvchi siklli oqim texnologiyasi uskunalarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi TP-8 va temir yo‘l transporti uchun TP-9 110 kVli podstansiyalarni qurish bo‘yicha yer ishlari olib borilmoqda.
3-Mis boyitish fabrikasida ham qurilish ishlar yuqori sur'atlarda amalga oshirilayapti. Bugungi kunga qadar qurilish maydonida 9,8 mln kub metr (74 foiz) tuproq ishlari, 142,0 ming kub m (27 foiz) beton ishlari bajarildi.
“Wood” tomonidan loyiha uchun zarur bo‘lgan 19 236 ta ishchi hujjatlardan 5 141 tasi ishlab chiqildi. “UZTM-Karteks” tomonidan 4ta yirik maydalash uskunalari, 10 ta tegirmonlarning gidrostatik podshipniklari, 4 komplekt silindrik butaralari qurilish maydonchasiga yetkazib berilib, montaj ishlari bajarilmoqda. Hozirda qurilish ishlariga 2,9 ming quruvchi va 304 ta maxsus texnika jalb qilingan.
Fabrika infratuzilmasini qurish ishlari bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirilayapti. Xususan, qoldiqlarni saqlash xo‘jaligida to‘g‘on poydevorini qurish bo‘yicha 5,8 mln m3 (36,8 foiz) va qoldiqlarni saqlash kosasi bo‘yicha 0,7 mln m3 (37 foiz) tuproq ishlari bajarildi. Ushbu ishlarga 93 ta maxsus texnika jalb qilindi.
“O‘zgeorangmetLITI” loyiha instituti tomonidan jami 673 ta ishchi hujjatdan 227 tasi ishlab chiqildi.
3-MBFning tashqi suv ta'minoti (23,5 ming m3/soat) obyektlari uchun zarur bo‘lgan yer maydonalari ajratilib (712 ga), “Qoraxitoy” yer osti suv havzasida 32 ta (jami 114 ta) quduqni burg‘ilash ishlari bajarildi. Hozirda “O‘zbekgidrogeologiya” jamiyati tomonidan suv zaxiralarini tasdiqlash maqsadida qidiruv ishlari olib borilmoqda.
“O‘zgeorangmetLITI” instituti tomonidan jami 1 810 ta ishchi hujjatdan 490 tasi ishlab chiqildi.
Elektr ta'minoti obyektlarini qurish bo‘yicha “O’zelektroapparat-Electroshield” qo‘shma korxonasi tomonidan 10 km 500 kVli elektr liniyasining metall ustunlari to‘liq o‘rnatilib, 7,5 km qismiga sim tortildi. Shuningdek, 500 kV raqamli podstansiyasida qurilish-montaj ishlari 95 foizga, asosiy uskunalarni yetkazib berish 97 foizga bajarildi.
Bundan tashqari, mas'ullarga Mis eritish zavodini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham to‘liq ma'lumot berildi.
Unga ko‘ra, Metallurgiya kompleksi obyektlari qurilishini nazorat qilish maqsadida kombinat tuzilmasida Metallurgiya kompleksi direksiyasi tuzildi va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirildi.
Ayni paytda 1500 kishilik quruvchilar shaharchasi qurilishi olib borilmoqda va 2022-yil 25-dekabrga qadar qurilish ishlari bitirilishi belgilangan.
Hozirgi kunda metallurgiya obyektlarini qurish uchun barpo etilayotgan quruvchilar shaharchasida 4, 5, 9, 10, 11, 12-sonli yotoqxonalari beton ishlari 85% ga bajarildi.
Mis eritish zavodi hududida barpo etiladigan yangi misni elektrolizlash sexi uchun qurilish maydonini tayyorlash maqsadida demontaj ko‘chirish ishlari 40 foizga amalga oshirildi.
Asosiy texnologiyalar litsenziarlari Germaniyaning “Metso Outotec”, Avstraliyaning “Glencore Technology”, Germaniyaning “Engineering Dobersek”, Xitoyning “MCC Capital Engineering &Research Incorporation Ltd”, “Xian ShaanGu Power Co., Ltd.”, “Avic International Hangzhou Company Limited”, “China National Chemical Engineering Sixth Construction So., Ltd.” Rossiya va Xitoy “OOO GAZSERF” , Germaniya va Buyukbritaniya “Linde GmbH Linde Engineering”, Germaniyaning “X'yugo Peterson”, “METTOP” kompaniyalari bilan mis eritish agregatlari, sulfat kislotasi, mis elektrolizi sexi, kislorod stansiyalari qurilishi yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi va dastlabki texnik-tijorat takliflari olindi.
Yangi metallurgiya kompleksi infratuzilma obyektlari hamda oltin va kumushni affinajlash sexini kengaytirishni loyihalashtirish va qurilish ishlari kombinat o‘z kuchi bilan amalga oshirilishi tasdiqlandi. Bugungi kunda sulfat kislotasi uchun yangi 40 ming tonnalik ombor qurilishi yakunlanish arafasida (2022-yil dekabr). Bundan tashqari, qurilish ishlarini boshlash uchun binolarni buzish va mavjud yer-osti kommunikasiyalari ko‘chirish hamda qurilish maydonchalarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Tadbirda ishtirokchilarga kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalar ijrosi va kelgusi rejalar yuzasidan atroflicha ma'lumot berildi.
OAV vakillari ma'sullardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
OKMK Axborot xizmati