Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Axborot xizmati tomonidan joriy yilning 19-20 may kunlari OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.
O‘zbekiston konchilik va metalllurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan press turda jurnalistlar 19-may kuni bayram konsertida bo‘lishdi. Soha xodimlarining bayrami munosabati bilan tashkil etilgan konsert dasturi OAV vakillari tomonidan keng yoritildi.
Tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov va Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov ishtirok etishdi.
20-may kuni esa kombinat tarkibiy korxonalari tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar va maketlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ushbu jarayon ham OAV vakillari tomonidan keng yoritildi. Press-tur davomida OAV vakillari kombinat korxonalarining faoliyatiga oid boy tasavvurga ega bo‘lishdi.
Press-turda “Zo`r TV”, “Renessans TV”, “Sevimli”, “Nurafshon TV”, “UzReport Tv”, “Biz TV” telekanallari, “Daryo.uz”, “Kun.uz”, “Qalampir.uz” internet nashrlari jurnalistlari qatnashdi.
Axborot xizmati