"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332024-yil yakuni bilan Kombinatda joriy etilgan aksilkorrupsiyaviy tizimning samaradorligi munosib baholandi.
Chunonchi, 5 ta yoʻnalish hamda 29 ta maxsus indikatorlardagi koʻrsatkichlar ijrosini Kombinatda baholash yakunlariga koʻra, “Olmaliq KMK”AJ Samaradorlik reytingida ilk marotaba 100 ballik imkoniyatdan jami — 85 ball toʻplab, oʻz tarixida ilk marotaba “Yashil” (Yaxshi) guruhiga oʻtishga erishdi.
Bunda, oʻsish koʻrsatkichi 21 ballni tashkil qilgan holda (2023-yil yakuni bilan Kombinat atigi 64 ball, 2022-yil yakuni bilan 68 ball toʻplagan edi xolos), 2024-yilgi reytingda jami 102 ta respublika vazirlik va idoralari hamda tashkilotlari oʻrtasida ilk marotaba 11-oʻrinni (2023-yil yakuni bilan Kombinat atigi 69-oʻrinni, 2022-yil yakuni bilan 23-oʻrinni egallagan edi xolos) qayd etdi.
2025-yil yanvar oyida “Olmaliq KMK”AJ Ustavida belgilangan barcha funksiya va vazifalarning korrupsiyaga moyillik darajasi baholashdan oʻtkazildi.
Kombinatda korrupsiyaga moyillik darajasi yuqori boʻlgan funksiya hamda vazifalar soni oʻtgan 2024-yilga nisbatan, 21 tadan 3 donaga kamaytirishga erishildi.
|
2024-yil |
2025-yil |
||||
|
yuqori |
oʻrta |
past |
yuqori |
oʻrta |
past |
|
21 |
36 |
8 |
3 |
16 |
38 |
“Olmaliq KMK”AJning 2025-yil 18-avgustdagi 1475-son farmoyishi bilan Kombinatning 33 nafar, 28-avgustdagi 01599-son farmoyishlari bilan 33 nafar jami Kombinatning 66 nafar xodimlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi” mutaxasisslari tomonidan (ikki kunlik – jami 12 soatlik) “Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish” mavzusida oʻquv kurslari tashkil etildi.
“Olmaliq KMK”AJga ishga yangidan qabul qilingan xodimlarga Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi yuzasidan doimiy tarzda “Welcome Training” dasturi doirasida Kombinat Oʻquv markazi tomonidan muntazam ravishda oʻquv treninglar oʻtkazilib kelinmoqda.
Ushbu Qaror, Kombinatning oddiy ishchi va xodimlarga qanday imtiyozlar beradi?
Eng avvalo bir jihatga eʼtibor qaratish lozim boʻladi.VMQ-400 Qarorida belgilangan Istisnolar qoidasining taʼsir doirasiga, faqatgina ishchi va xodimlar toifasiga mansub xodimlar kiritilgan boʻlib, ushbu toifadagi ishchi xodimlarning ulushi jami Kombinat xodimlarining umumiy sonida taxminan 70-75 foizni tashkil qiladi.
Alohida taʼkidlash joizki, “Boshqaruv, rahbariyat hamda injener-texnik”, markaziy apparat xodimlari, shuningdek xaridlar, sotuvlar, bosh buxgalter, buxgalter, HR xodimlar, omborchilar toifasiga kiritilgan mansabdor xodimlar hamda moddiy javobgar ishchi xodimlarga nisbatan Qarorda belgilangan “Istisnolar qoidasi” qoʻllanmaydi, ularga nisbatan manfaatlar toʻqnashuvi hamda mehnat qonunchiligida belgilangan qarindoshlarning birga ishlashiga oid barcha cheklov
va taʼqiqlar toʻliq hajmda qoʻllanishda davom etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi VMQ-400-son Qarorining qabul qilinishi Kombinat oldida turgan quyidagi oʻtkir muammolarni hal etishda huquqiy yechim vazifasini oʻtaydi:
Chunonchi,
- “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini tashkil etishda, “togʻ-kon va metallurgiya sanoati korxonalari” ishchi va xodimlari, shuningdek, sohadagi yuqori malakali mutaxassislarning huquq va manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash;
- “togʻ-kon va metallurgiya sanoati” korxonalarining yuqori malakali ishchi va xodimlar hamda mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda qoplashga xizmat qiladi.
Qaror vositasida, “Olmaliq KMK”AJ, “Navoiy KMK”AJ, “Navoiyuran”DK, “Oʻzmetkombinat”AJ hamda “Oʻzbekkoʻmir”AJ kabi strategik ahamiyatga ega boʻlgan yirik sanoat korxonalarining ishchi va xodimlarining oʻzi hamda avlod va ajdodlari oʻzlari muqim yashab kelgan hududda joylashgan korxonada erkin mehnat qilish huquqi kafolatlandi.
2025-yil (1-yanvar – 15-noyabr bo‘lgan davr mobaynida) Komplayens xizmati ishtirokida jami – 18 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib Kombinatning 2 (ikki) nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi va 9 (to‘qqiz) nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.
Aniqlangan qoidabuzarliklar va ularga taʼsir choralari
Hisobot davrida, Kombinat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori – 1,114 mln soʻm (bir milliard bir yuz oʻn toʻrt million) soʻm aybdor shaxslardan zarar miqdorini to‘liq hajmda undirishga erishildi.
2025-yil 1-dekabr holatiga Komplayens xizmatida 6 nafar shtat birliklari mavjud boʻlib, haqiqatda (amalda) 5 (besh) nafar xodimlar faoliyat koʻrsatib kelmoqda
Sh.X.Joʻrayev,
“Olmaliq KMK”AJ
Komplayens xizmati boshligʻi