• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ijtimoiy obyektlar boshqarmasida sarhisob

10 Yanvar 2025, 14:54 95

2025-yil 8-yanvar kuni Ijtimoiy obyektlar boshqarmasining 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2025-yil uchun belgilangan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda IOB rahbariyati, sex va bo‘linmalari mas'ullari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan IOB bosh muhandisi v.b. Elyor Risqulov 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berib o‘tdi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yilda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari mavsumga tayyorlanib, joriy ta'mirlash ishlari olib borildi. Jumladan, Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan “Istiqlol” BSOda bino inshootlari joriy ta'mirlanib, ichimlik suvi ta'minoti binosi barpo etildi. Ushbu ishlarga 424 mln so‘m mablag‘ sarflangan.

Shuningdek, Bo‘stonliq tumanidagi “Metallurg” BSOda ham bino inshootlari joriy ta'mirlanib, yo‘llar va yo‘laklarga asfalt qoplamasi yotqizildi. 3 dona hojatxona yangitdan barpo etildi. Bu ishlarga 1 mlrd 356 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Bo‘stonliq tumanidagi yana bir oromgoh  - “Gulzor”da ham bino inshootlari joriy ta'mirlanib, yo‘llar va yo‘laklar asfaltlandi.

2-sonli “Metallurg” yotoqxonasi binosining fasad qismi joriy ta'mirlanib, yo‘laklar asfalьt bilan qoplangan. Binoning birinchi qavatida “Nuroniylar” maskani tashkil etildi. Mazkur ishlarga 369 mln so‘m mablag‘ sarflandi.

Hamshaharlarimizning sevimli maskani bo‘lgan “Delfin” akvabog‘i mavsumga joriy ta'mirlandi. Hudud yo‘laklariga qaytadan bruschatkalar yotqizib chiqildi. Akvabog‘dagi ta'mir ishlariga 309 mln so‘m mablag‘  xarajat qilindi.

2024-yilda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 68 mln so‘mlik joriy ta'mir ishlari olib borildi.

12-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti OKMKning 75 yilligi arafasida mukammal ta'mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, o‘zining 60 yilligini nishonlagan “Metallurg” madaniyat saroyinin fasad qismi va kirish yo‘laklari ham joriy ta'mirdan chiqarildi. Ta'mir ishlariga 122 mln so‘m mablag‘ sarflandi.

Yig‘ilish so‘ngida Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi mas'ullari bu yil o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan holda, yanada yuqori marralarni zabt etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Ma'lumot uchun:  Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufida 15 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti, o‘g‘il-qizlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun 15 turdagi to‘garaklarni o‘z ichiga olgan 2 ta sport majmualari faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, "Bolajon” va "Yoshlar" bog‘lari, viloyatimizning Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Metallurg", "Gulzor", Piskent tumanidagi “Tong”, Jizzax viloyatidagi "Istiqlol" bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlari,  “Metallurg” madaniyat saroyi, Idoraviy uy-joy kompleksi, 1- va 2-sonli yotoqxonalar, Sanatoriy-profilaktoriy, “Delfin” akvabog‘i, “Moviy tog‘lar” dam olish maskani va “Oltin-Olma” pansionatlari boshqarma tarkibida bo‘lib, kombinat ishchi-xodimlari hamda ularning oila-a'zolariga va hamshaharlarimizga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech