"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Mis boyitish fabrikasi direktori Ravshan Siddiqov ishtirokida energetika xizmati sohasi vakillari uchun hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘tgan 2025-yilda energetika tizimi korxonalari va iste’molchilar obyektlarida sodir bo‘lgan 24 ta baxtsiz hodisalarning tafsilotlari tahlil qilindi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, yuz bergan 24 ta baxtsiz hodisaga bevosita elektr ta’minoti korxonalarining rahbarlari va muhandis-texnik xodimlari tomonidan xavfsizlik qoidalariga yetarlicha amal qilinmagani sabab bo‘lgan. Xususan, iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish, mehnat muhofazasi va lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan talablarning buzilishi baxtsiz hodisalarga yo‘l ochgan. Kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun har bir xodim zimmasiga ushbu qoida va yo‘riqnomalarning har bir bandini so‘zsiz bajarish mas’uliyati yuklandi.
Yig‘ilish davomida mas’ul shaxslarning axborotlari tinglandi, takliflari ko‘rib chiqildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 2026-yil uchun chora-tadbirlar belgilab olindi va mas’ullarga topshiriqlar berildi.
MBFda bunday baxtsiz hodisalar takrorlanmasligi uchun o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan mas’ullarga nisbatan qonunchilik va ichki tartib qoidalari asosida keskin choralar ko‘rilishi qat’iy belgilandi.
Azizbek Medeshov,
MBF Bosh energetigi o‘rinbosari