Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mis boyitish fabrikasida 10 oylik natijalar muhokama qilindi

07 Noyabr 2025, 11:5 1170

2025-yil 4-noyabr kuni Mis boyitish fabrikasida 10 oylik ishlab chiqarish natijalari va yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Fabrika direktori R.Sidikov olib borgan tadbirda rejadan orqada qolish holatlari va ularning sabablari muhokama qilinib, mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq vazifalar yuklatildi.

Hisobotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi davomida fabrikada yuqori ishkam chiqarish natijalariga erishilgan. Xususan, misni ajratish samaradorligi 100,3 %ni, mis konsentrati ishlab chiqarish prognozi 104,1 %ni, molibden konsentrati ishlab chiqarish prognozi esa 120,6 %ni tashkil etgan.

Shuningdek, tadbirda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ijro intizomini kuchaytirish va hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida topshiriqlarning bajarilishi doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech