"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 27-fevral kuni Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasida mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, harakat xavfsizligi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha 2025-yilda korxona miqyosida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor maqsad va vazifalar yuzasidan kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi.
STTB boshlig‘i Sirojiddin Manazarov raisligida bo‘lib o‘tgan majlisda korxonaning bosh muhandisi, sex, xizmat va bo‘lim rahbarlari, muhandis-texnik xodimlari, bosh mutaxassislar va mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda 2025-yilda korxonaning mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar,mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi va mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablarining bajarilishi bo‘yicha ishlar sarhisob qilindi.
Shuningdek, 2026-yilda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha korxona o‘z oldiga qo‘ygan rejalari va maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha majlis ishtirokchilarining taklif va mulohazalari tinglandi.
Majlis yakunida belgilangan ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
VIDEO: https://www.youtube.com/watch?v=dmIZvqt79tE
Axborot xizmati