• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

«HPC SYSTEMS» MCHJ

Navoiy erkin iqtisodiy zonasida 400 kV gacha bo’lgan tikilgan polietillen izolyatsiyali  kuchlanish kabellarini ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risida”gi investitsion loyihaga asosan  2012 yilda «HPC Systems» MChJ qo’shma korxonasi tashkil etildi. Qo’shma korxonaning Ustav fondi 18,8 mln. doll., tashkil etib, OKMKning ulushi(50%), “O’zkabel” AJ qo’shma korxonasi(25%) va “Gulf Cable Trading Company” (XHR)(25 %)dan iborat bo’ldi.

«HPC Systems» MChJ O’zbekiston Respublikasi, Navoiy shahri, Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan. Korxonaning qulay joyda joylashganligi, rivojlangan transport infrastrukturasi, Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi soliq va bojxona rejimlari kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish uchun qulay imkoniyat, shart-sharoitlarni ta’minlaydi. 

«HPC Systems» MChJ - Osiyo mintaqasi va MDHdagi eng zamonaviy kabel zavodi hisoblanadi. Korxona eng zamonaviy yevropaning jumladan: «Maillefer Extrusion Oy» (Finlyandiya), «Pourtier» (Frantsiya), «Sikora» (Germaniya), «Elof» (Shvetsiya), «Kabmak» (Turkiya) va boshqa davlatlarning texnologik va sinov uskunalari bilan jihozlangan. Sinov uskunalarining o’zi 1,5 mln. doll.ni tashkil etadi,  umuman olganda  uskuna, jihozlar uchun investitsiyalar 10,5 mln.dolllardan oshdi, qurilish esa 32 mlrd. so’mni tashkil qildi.

“Hayat Power Cable Systems” Qo’shma korxonasi MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan kabellar va simlar jahonning eng ilg’or analoglariga muvofiq bo’lgan holda, avallari respublikamizda ishlab chiqarilmagan, masalan 110 kV kuchlanishlar uchun mis kabellari (kabellar Niderlandiya qirolligi davlatida sertifikatlashtirish sinovlaridan o’tkazilishga tayyorlanmoqda), uch tomirli ijrodagi misli yuqori kuchlanishli zirhlangan kabellar (kabellar Turkmanistonga eksport qilingan), yonmaydigan ijrodagi 630 kV.mm gacha bo’lgan yuqori voltli kuchlanish mis kabellari (Toshkent IES modernizatsiyalash ob’ektlariga eksport sartnomalari asosida yetkazib berildi).

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport hajmi 2015 yilda 12,2 mlrd.so’m (ekv. da 4,76 mln. doll.) ni tashkil qildi. 2016 yilning 6 oyi davomida 37,8 mlrd. so’mlik(ekv.da 12,9 mln.doll)  mahsulot ishlab chiqarildi, bunda eksport hajmi 9,6 mln. doll. , eksport ulushi 74,6% ni tashkil etdi.

Bugungi kunga kelib «HPC Systems» Qo’shma korxonasi MChJ 110 kV va 220 kV kuchlanishdagi, 2500 kv.mm kesimdagi polietilen tikilgan izolyatsiyalangan kabellar ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri hisoblanadi. 330 va 400 kV kuchlanishlar uchun kabellar chiqarish yaqin kelajakdagi istiqboli rejalardan biri hisoblanadi.  

Korxonaning menedjment tizimi ISO 9001:2008 va 14001:2008 halqaro standartlariga muvofiq sertifikatlashtirilgan.

«HPC Systems» mahsulotlari:

- 110 kV va 220kV kuchlanishlar uchun izolyatsiyali polietilen tikilgan statsionar o’tkazmalar uchun kuchlanish kabellari;

- turli ijrodagi 10, 20 va35 kV kuchlanishlar uchun izolyatsiyali polietilen tikilgan statsionar o’tkazmalar uchun kuchlanish kabellari.

Korxonaning ishlab chiqarish quvvati quyidagicha:

O’rtacha kuchlanish (10 – 35 kV) va yuqori kuchlanish (110 – 400 kV) izolyatsiyali polietilen tikilgan kabellariga mis va alyumin simli kesimi-2500mm²  4000 km/yiliga hajmida;

0,66/1,0 va 20 kV kuchlanishlar uchun o’zi tutib yetkazuvchi izolyatsiyalangan kabellar (SIP) 4000 km/yiliga hajmida;

Past voltli (0,4 kV) maxsus mo’ljallangan kabellar (masalan, yonishni tarqatmaydigan kabellar, tog’li hududlarda shaxtalar va tonnellarga tortish uchun qo'llaniladi) 3000 km/yiliga hajmida.

Bo`lishmoq:
Text to speech