"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Olmaliq KMK” AJ Toshkent shahar, Mirobod tumanida joylashgan ofis xonalarini ijaraga olish boʻyicha tijorat takliflarini qabul qilishni e’lon qiladi.
Asosiy talablar:
- Zarur maydon: 300 – 400 kv.m. (umumiy maydon);
- Bino toifasi: «A» («V» ham koʻrib chiqiladi);
- Joylashuvi: Toshkent shahri, Mirobod tumani, metro yoki temiryoʻl vokzalidan piyoda 15–20 daqiqalik (transportda 10 daqiqalik) masofada.
- Qavat: 2–5 qavatlar oraligʻi (alohida lift boʻlishi shart).
Joylashuv tuzilmasi (Fit-out / Floor ready):
- Toʻliq ta’mirlangan, mebel bilan ta’minlangan ofislar;
- Rahbariyat xonalari (qabulxona bilan), oʻrinbosarlar xonasi, Open space (25 kishilik), katta muzokaralar xonasi (15-20 kishilik), oshxona/dam olish zonasi, xizmat xonasi va santexnika tarmoqlari.
Injenerlik va AKT infratuzilmasi:
- Elektr quvvati: kamida 10 kVt, barqaror kuchlanish;
- Markazlashgan/avtonom isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash tizimi;
- Yuqori tezlikdagi internet (optik tola, kamida 2 ta provayder), server uskunalari uchun alohida tarmoq.
Xavfsizlik va xizmat koʻrsatish:
- 24/7 qoʻriqlash tizimi, yongʻin xavfsizligi, videokuzatuv;
- Ijarachi tomonidan kundalik tozalash ishlari va muhandislik tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish.
Avtoturargoh: Kamida 8 ta ajratilgan avtoturargoh oʻrni.
Takliflarni qabul qilish: 24.07.2026-yilgacha
Murojaat uchun:
Telefon: +998 (93) 317-00-11
Pochta: mm.niyozov@agmk.uz