Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O'zbekiston Respublikasi hududida sug'urta sohasida xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalar diqqatiga

27 Avgust 2026, 16:11 45

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarorining 5-ilovasiga asosan, “Olmaliq KMK” AJ 2026-2027 yillar uchun 122 (I tip 7, II tip 103 va III tip 12) dona xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish ishlarini eng yaxshi takliflarni qabul qilish usuli bilan amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ma'sul shaxs: Ishlab chiqarish nazorati bo'yicha muhandis Zilola Mirzanova

Telefon: +998 70 61 9 51 32, +998 70 61 9 52 92.

E-mail: info@agmk.uz

Eng yaxshi takliflar 2026-yil 15-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Bo`lishmoq:
Text to speech