• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Texnologik transport boshqarmasi

Texnologik transport boshqarmasi(TTB) kombinatning mustaqil bo‘linmasi sifatida 2020-yil 10-avgustda tashkil etilgan. Ushbu bo‘linma Avtomobil transporti boshqarmasining(ATB) qayta tashkil etilishi “Olmaliq KMK” AJ tarkibida ikkita mustaqil bo‘linma - ATB va TTB tashkil etilishi natijasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Texnologik transport boshqarmasi “Olmaliq KMK” AJ ning asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan biri hisoblanadi. Uning tarkibida 1-sonli, 2-sonli, 3-sonli, 4-sonli transport sexlari, kon ishlarini mexanizatsiyalash sexi, texnologik transportni ta'mirlash sexi, kon avtoyo‘llarini saqlash va ta'mirlash bo‘yicha uchastka kiradi.

Bo‘linma kombinat konlaridan tog‘ jinslarini tashishni amalga oshiradi, kombinat tarkibiy bo‘linmalarini buldozer, yo‘l qurilishi va maxsus texnikalar bilan ta'minlaydi.

1-sonli transport sexi - Olmaliq shahri Abdullayev ko‘chasida joylashgan

"Qalmoqqir", "Kovuldi" konlaridan, "Sovuq-buloq" karyeri, Mis boyitish fabrikasining Chiqindilarni to‘plash omboridan hamda kombinatning boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan tog‘ jinslarini texnologik tashishni amalga oshiradi.

2-sonli transport sexi - Sariq Cho‘qqi koni hududida joylashgan

Sariq- Cho‘qqi karyerida tog‘ jinslarini texnologik tashishni va 2-sonli transport sexi va Sariq-Cho‘qqi karyeriga texnik xizmat ko‘rsatish uchun xo‘jalik tashishni amalga oshiradi.

3-sonli transport sexi - Olmaliq shahri hududida joylashgan

“Yoshlik-1” konidan tog‘ jinslarini tashishni amalga oshiradi. Shuningdek, 3-sonli transport sexi va “Yoshlik-1” koniga xizmat qilish uchun xo‘jalik tashishlarni bajaradi.

4-sonli transport sexi - Olmaliq shahri hududida joylashgan.

Ushbu sex Mis eritish zavodi, 2-Mis boyitish fabrikasi, MBF Chiqindi to‘plash ombori, Qalmoqqir, “Yoshlik-1” konlari, Ohak zavodi kabi korxonalarga yuk tashish xizmatini ko‘rsatadi.

Kon ishlarini mexanizasiyalash sexi

Ushbu sex Olmaliq shahri tashqarisida joylashgan.

U kombinat konlari va sexlarini buldozer, yo‘l qurilishi texnikalari va ko‘tarish mexanizmlari bilan ta'minlaydi.

Texnologik transportni ta'mirlash sexi

Texnologik transportni ta'mirlash sexi Olmaliq shahrida Abdullayev ko‘chasida, 1-sonli transport sexi hududida joylashgan.

Ushbu sex transport texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatadi, rejali va joriy ta'mir ishlarini olib boradi. 6DM, 8DM, YaMZ, Cummins dizel dvigatellari, yuqori bosimli yonilg‘i uskunalari, elektr jihozlarini ta'mirlashni amalga oshiradi.

Karyer avtoyo‘llarini saqlash va ta'mirlash bo‘yicha uchastka

Uchastka Qalmoqqir koni hududida kon ishlarini mexanizatsiyalash sexi maydonida joylashgan. Kombinat karyerlarida avtomobil yo‘llarini ta'mirlash va saqlash bilan shug‘ullanadi.

Rahbari: Aleksey Vladimirovich Xarin

Telefon: (+998 78) 141-90-09

Elektron pochta: info@agmk.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech