Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

1-toifali muhandis-tizim maʼmuri

24 Dekabr 2025, 14:53 776

2025-yilning 24-dekabrdan 27-dekabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Raqamli transformatsiya va ERP-tizimini joriy etish loyixa ofisi Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi:

Talablar:

  • Ma’lumoti:Oliy yoki o‘rta maxsus (IT, telekommunikatsiya, IT-infratuzilma yo‘nalishida).
  • Ish tajribasi:
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lganda — ish stajiga talab qo‘yilmaydi.
  • O ‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lganda — IT tizimlarini administratsiyalash sohasida kamida 1 yil ish tajribasi.

Majburiyatlar:

  • Server operatsion tizimlarini (Linux, Windows Server) administratsiyalash.
  • Korxonaning serverlari, virtual infratuzilmasi va servislarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
  • Virtualizatsiya tizimlarini administratsiyalash (VMware, Proxmox, Hyper-V).
  • Zaxira nusxalash va ma’lumotlarni tiklash jarayonlarini sozlash, kuzatish va nazorat qilish.
  • Asosiy tarmoq servislarini administratsiyalash (DNS, DHCP, AD/LDAP).
  • IT-infratuzilma holatini monitoring qilish (Zabbix, Prometheus va shunga o‘xshash tizimlar).
  • O‘z mas’uliyati doirasida axborot xavfsizligini ta’minlash.
  • Nosozliklar va avariyalarni tekshirishda ishtirok etish, sabablarini tahlil qilish va tuzatish choralarini ishlab chiqish.
  • Ekspluatatsion va texnik hujjatlarni yuritish.
  • Yangi axborot tizimlari va servislarini joriy etishda ishtirok etish.
  • Dasturchilar, pudratchilar va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan hamkorlik qilish.
  • Korxona ekspluatatsiya reglamentlari, yo‘riqnomalari va buyruqlariga rioya qilish.

Bilim va ko‘nikmalar

  • Texnik hujjatlar, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlar bilan ishlash.
  • Tarmoq texnologiyalari bo‘yicha bazaviy bilimlar (TCP/IP, VLAN, VPN).
  • Ma’lumotlar bazalari bo‘yicha bazaviy bilimlar
    (PostgreSQL, MySQL, Oracle — administrator darajasida).
  • Ishonchlilik va rezervlash prinsiplari.
  • Konteynerlash asoslari (Docker — afzal).
  • Jamoada ishlash ko‘nikmasi.
  • Vazifaning mohiyatini aniq va tushunarli ifodalay olish.

 

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech