• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Nanotexnologiyalar, kompozit va istiqbolli materiallar laboratoriyasi 1- toifali muhandisi

17 Aprel 2024, 11:45 602

2024-yilning 17-aprelidan 24 apreliga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi “Olmaliq KMK” AJ uchun yagona tarif stavkasiga muvofiq belgilanadi;
  • Talab qilinadigan ish tajribasi: muhandislik-texnik lavozimlardagi mutaxassislik bo'yicha kamida 3 yil;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

    Vazifasi:

  • Yangi istiqbolli texnologiyalarni topishga qaratilgan qidiruv tadqiqotlarini o'tkazish;
  • Tematik ish rejalari loyihalarini ishlab chiqadi;
  • Ishlab chiqarishning texnik darajasini, mahsulot sifatini oshirish, import qilinadigan xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish maqsadida korxonada yangi ilmiy ishlanmalarni joriy etishda ishtirok etish;
  • Boshqarma tomonidan bajarilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan ishlardan maksimal iqtisodiy samara olish;
  • Sog'liqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish tizimining ish tartibida saqlanishini ta'minlash va uni doimiy ravishda takomillashtirish;
  • Barcha jihozlar yaxshi holatda ekanligini nazorat qilish;
  • Yaxshi holatda, muammosiz va ishonchli ishlashini ta'minlash;
  • Foydalanayotgan uskunalarni texnik holati to'g'ri ishlashini nazorat o'z vaqtida ta'mirlashni tashkillashtirish.

Talablar:

  • “Metallurgiya”,“Kimyoviy texnologiya”,“Yangi materiallarning materialshunoslik texnologiyasi” yo‘nalishlari bo‘yicha oliy texnik ta’lim;
  • Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • Davlat va rus tillarini ravon bilish (chet tilini bilish tavsiya etiladi.)

Malaka talablari:

  • Ilmiy tadqiqot ishlari bajarilishi sifatini nazorat qilish;
  • Ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini baholash;
  • Ilmiy tadqiqot ishlarining reja va dasturlarini tuzish;
  • Ilmiy tadqiqot ishlarining iqtisodiy samaradorligini hisoblash;
  • Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish usullari;
  • Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish;
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash.

Shartlar:

  • Kelgusida ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzodning oylik maoshi va ijtimoiy nafaqalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech